Ashxobodda oziq-ovqat qimmatlashib, dollar kursi ko‘tarilyapti
Olam
−
20 Sentabr 2019
4601Bugun, 20 sentyabr kuni Ashxobodning Paraxat-7 mitti tumanida joylashgan Bereketli bozori tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ldi, deya xabar beradi "Xronika Turkmenistana"
Xaridorlarning o‘rniga, operatorlar chiroyli tashkillashtirilgan sabzavotlar, mevalar, xamir ovqatlar va eng muhimi, juda ko‘p tovuq tuxumlari bilan to‘ldirilgan savdo rastalarini tasvirga oldi. Bozorning kirish qismiga navbatchilar qo‘yilib,ular xaridorlarni bozorga kiritmagan.
Turkmanistonda mamlakat mustaqilligi bu yil bir oy oldi ya’ni 27 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Bayramdan oldingi kunlarda turkman televideniyesining kanallarida oziq-ovqat mo‘lligi namoyish etiladi.
Mamlakatda kamdan-kam hollarda davlat do‘konlariga olib kiriladigan tuxum va un yetishmaydi. Kamomad ushbu tovarlarga narxlarning oshishiga olib kelyapti.
Shuningdek, narxlarning oshishi rasmiy va qora dollar o‘rtasidagi farq tufayli yuzaga kelgan. Jismoniy shaxslar tomonidan Turkmanistonda rasmiy valyuta almashinuvi taqiqlanadi va tadbirkorlar faqat katta cheklovlar bilan valyutani almashtirishi mumkin.
LiveBarchasi