Ashxobod ko‘chalarida nazorat kuchaytirildi
Olam
−
23 Sentabr 2019
6225Ashxobod yo‘llarida yo‘l nazorati xizmati politsiyasi haydovchilar bilan hujjatlarni ommaviy tekshirishni boshladi. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Ayniqsa "protokol" ko‘chalarda, ko‘plab xizmatchilar paydo bo‘ldi, ular shaharning eng katta prospektlari - "10 yillik abadanchilik", "10 yillik farovonlik" va "Otaturk"da nazoratni kuchaytirgan.
G‘azablangan haydovchilarning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar qoidalarni buzmagan haydovchilarni ham bir necha marta to‘xtatadi.
Masalan, avtobus bekati Turkmanboshi va Mustaqillik shoh ko‘chalari o‘rtasida joylashgan. Unga eng yaqin piyodalar o‘tish joyi taxminan 250 metr masofada joylashgan bo‘lib, qarama-qarshi tomondan borish uchun siz yarim kilometr piyoda yurishingiz kerak.
Xuddi shunga o‘xshash holat Maxtumquli prospektida, ikkinchi parkning hududida, shuningdek, ushbu xiyobonning Andalib ko‘chasi bilan kesishgan qismida, Qoraqum do‘koni yaqinida, "Mustaqillikning 15-yilligi2 savdo markazi, O‘g‘uzxon ko‘chasida, piyodalar o‘tish joylari, savdo markazlariga kirish joylarida va avtobus bekatlarida ham kuzatiladi.
Tekshiruvlar 27 sentyabr kuni nishonlanadigan Mustaqillik kuni, shuningdek, sentyabr oyida Turkmanistonda yo‘l harakati xavfsizligi oyligi o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi