Qashqadaryoda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi
Jamiyat
−
13 mart 2019 8413 1 daqiqa
12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Chiroqchi tumanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi.
Mazkur o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish hisoblanadi.
Bundan tashqari qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklaridagi 7 ming gektar hududda 2019-2020 yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblepixa) plantatsiyalari barpo etiladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr