Tramp va Kim Chen In suhbatini kim zimdan poylagan?

Olam

image

AQSH prezidenti Donald Tramp Xanoydagi sammit muvaffaqqiyatsiz yakunlanganining yana bir sababini ma’lum qildi. Bu safar nishon markazida demokratik partiya a’zosi Maykl Koen.

Ma’lum bo‘lishicha, Koen Kim Chen In va Donald Tramp o‘rtasidagi suhbatni yashirincha eshitishga uringan. “Shimoliy Koreya rahbari bilan o‘tkazilgan shunday muhim sammitda demokratlarning poyloqchilik qilishga urinishi –  bu Amerika siyosatida kutilmagan sharmandali holat. Muzokaralarni vaqtidan oldin tark etishimga sabab mana shu edi. Shungacha AQSH rahbari boshqa davlatda bo‘lganida, bu kabi vaziyatlar yuz bermagandi. Sharmandagarchilik!”, deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida.

AQSH prezidentining sobiq advokati 27 fevral kuni parlamentga ko‘rsatma bergan. Maykl Koen eks-shefni “millatchi va yulg‘ich” deb atab bir vaqtlar Oq uy rahbariga ko‘rsatgan yordamlari haqida afsus bilan ta’kidlagan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, Xanoyda 27-28 fevral kunlari o‘tkazilgan AQSH-KXDR ikkinchi sammiti hech qanday rasmiy xujjatlarsiz yakuniga yetgan edi. Tramp oldinroq bunga Kim Chen Inning Shimoliy Koreyaga AQSH tomonidan berilgan sanksiyalar bekor qilingunicha yadro qurolidan voz kechishni inkor etganini sabab qilib ko‘rsatgandi.  
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kim Chen In Shimoliy Koreya Maykl Koen

Baholaganlar

269

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing