Ash-Shara Yevropaga boradi

Olam

image

Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara ertaga, 7 may kuni Fransiyaga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda Suriya televidiniyesi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu qadam Ahmad ash-Sharaning Yevropaga birinchi tashrifi bo‘ladi.

Bildirilishicha, Parijda u Fransiya Prezidenti  Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Manbaga ko‘ra, Makron Fransiya yangi, erkin, barqaror, suveren Suriyani qurishni qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor tasdiqlab kelgan.

Uchrashuv va tashrifning boshqa ma’lumotlari hali taqdim etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Fransiya yetakchisi Ahmad ash-Shara bilan telefon orqali muloqot qilganida Suriya rahbarini Fransiyaga taklif qilgan edi. Suhbatda Makron ash-Sharani prezidentlik lavozimiga kirishgani bilan tabriklab, Suriyaning o‘tish davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Suriya Emmanuel' Makron Ahmad ash-Shara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing