AQSH Rossiya bilan yangi O‘QRBSH tuzib, unda yana bir davlatni qo‘rmoqchi

Olam

image

AQSH Rossiya bilan O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma (O‘QRBSH) yuzasidan qayta kelishuv tuzish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Ammo yangi kelishuvda shartnoma ishtirokchilarining ko‘proq bo‘lishi nazarda tutilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.
 
“Rossiya O‘QRBSH shartlarini ko‘p bora buzdi. Shu sababdan men AQSH rasman shartnomadan chiqishini e’lon qildim”, degan Tramp AQSH Kongressining Senati va Vakillar palatasi oldidagi nutqida.
 
Tramp boshqa bir shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishish va unga Xitoyni ham qo‘shish mumkinligini aytgan.
 
“Balki boshqa bir shatrtnoma tuzib, unga Xitoyni ham qo‘sharmiz, balki yo‘q. U holda biz bunday raketalarni ishlab chiqarishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq mablag‘ ajratamiz va bu sohaga ko‘pron innovatsiya kiritamiz”, degan Tramp.
 
Eslatib o‘tamiz, AQSH joriy yilning 2 fevralidan O‘QRBSHdagi faoliyatiga chek qo‘yishini ma’lum qilgandi. Qo‘shma Shtatlarning Rossiya bilan kelishuvdan chiqishi haqidagi gaplar o‘tgan yili boshlangandi.
 
Rossiya o‘z navbatida AQSH O‘QRBSHdan chiqib, o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni Yevropa mamlakatlariga joylashtirsa, o‘sha mamlakatlar o‘zlarini nishonga aylantirishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'dTramp AQSh

Baholaganlar

201

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing