Asakaning sobiq hokimiga hukm o‘qildi. U sud qaroridan norozi
Jamiyat
−
24 mart 2023
10745Asaka tumani hokimi lavozimida Mansurjon Alixonovga Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudining 2023 yil 27 yanvardagi hukmi bilan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Alixonov sudning qarori nisbatan apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Jinoyat ishi 30 mart kuniga apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudining 2023 yil 27 yanvardagi hukmi bilan Mansurjon Alixonov (1984 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Asaka tumani hokimi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Shuningdek, ushbu hukmga ko‘ra U. S. (1982 yilda Shahrixon tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Asaka tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan;
O.Q. (1985 yilda Asaka tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Kadastrlar palatasi Asaka tumani filiali mutaxassisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining yigirma foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Sudlanuvchilar M. A. va U. S. ning himoyachilari bilan birgalikda birinchi instansiya sudining hukmi ustidan keltirgan apellyatsiya shikoyatlari asosida jinoyat ishining ularga oid qismini Andijon viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqish uchun 2023 yil 30 mart kuniga tayinlangan.
LiveBarchasi