Asakada “tez yordam” mashinasi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
12 yanvar 2021
5754Joriy yilning 10 yanvar kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida tez tibbiy yordam mashinasi va Cobalt o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH soat 20:00 larda, Asaka tumani, “Ne’matobod” MFY hududidan o‘tgan 4R-138 avtomobil yo‘lining 24-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvidagi Cobalt haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, Sh.X. boshqaruvidagi, Asaka tumani SHTTYOBga tegishli bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan.
Natijada, Damas rusumli avtomobil haydovchisi 41 yoshli Sh.X. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi 1987 yilda tug‘ilgan U.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi