Asakada Koreyaga o‘qishga ketmoqchi bo‘lganlar 20 300 dollarga “uxlatildi”
Jamiyat
−
15 iyun 2020
6739Andijon viloyatining Asaka tumanida Koreya davlatiga o‘qishga yuborish bahonasi bilan fuqarolardan 20 ming dollardan ortiq pul olgan muassasa faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida “S.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari N.T. va boshqalar 2019 yil davomida bir necha fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Koreya davlatidagi oliygohlarga o‘qishga kiritib qo‘yish hamda viza olib berish evaziga 3 ta holatda 20 300 AQSH dollari va 8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyatida fuqaroni maktab direktori etib tayinlashni va’da qilgan Xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi firibgarlik ustida qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi