Asakada bola o‘g‘irlashda ayblangan erkak “samosud” qilindi (video)
Jamiyat
−
08 Sentabr 2019
11436Bugun, 8 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Asakada odam o‘g‘risi qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ilova qilingan videoda katta yoshli erkak mahalliy aholi vakillari tomonidan kaltaklanib, “samosud” qilinganini ko‘rish mumkin.
Andijon viloyati IIB videoda aks etgan holat atroflicha o‘rganilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 7 sentyabr kuni soat 17:30 larda Asaka tumani “O‘zbekiston” MFY Toshloq ko‘chasida yashovchi fuqaro S.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan urojaat qilgan. Unda shu kuni soat 16:30 larda voyaga yetmagan qizi S.R. Asaka shahri, “Baraka” MFY hududidagi dehqon bozori yurgan vaqtida shu tumanning Andijon ko‘chasida yashovich R.O. mast holatda S.R.ga odob-axloqqoidalariga to‘ri kemadigan harakatlar qilganini bildirgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘riishini so‘ragan.
Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida R.O. voyaga yetmagan S.R.ga nisbatan axloq qoidalarga zid harakatlar qilgan vaqtda qo‘rqib, bozordagi odamlardan yordam so‘ragani aniqlangan. Fuqarolar R.O.ni ushlamoqchi bo‘lib, uni quvlashgan. R.O.ni Asaka tumani Umid ko‘chasida ushlab, voyaga yetmagan S.R.ni uyiga olib borishgan.
Surishtiruv davomida fuqaro R.O.ni Asaka tumani “Baxrin” MFYda yashovchi fuqaro X.F. urib, tan jarohati yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Sodir etilgan holat yuzasidan chaqiruvga asosan tuman profilaktika inspektori F. Yo‘ldoshev voqea joyiga yetib borib, huquqbuzarlik sodir etganlarni IIB binosiga olib kelib, surishtiruv olib borgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilyapti.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15