Asad oilasining boyligi 12 mlrd dollarga yetishi mumkin – WSJ

Olam

image

2021 yilda butun Suriyaning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) atigi 8,98 milliard dollarni tashkil etganiga qaramay, Bashar Asad oilasining aktivlari qiymati 12 milliard dollarga yetishi mumkin. Bu haqda Amerikaning kecha, 15 dekabr kuni "The Wall Street Journal" gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Asad rejimining qulashi bilan Suriyada 50 yildan ortiq vaqt davomida hokimiyat tepasida turgan uning oilasining ko‘p milliard dollarlik boyligi uchun global ov boshlangan.

"Inqilobdan oldin ularning pullarini yuvish uchun ko‘p vaqti bo‘lgan. Ularda har doim "B" rejasi bo‘lgan va ular surgunga yaxshi tayyorlangan", deydi Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashi tuzilmalaridan birida Suriyaga nisbatan siyosat uchun mas’ul Endryu Tabler.

Tabler Vashington Yaqin Sharq siyosati instituti xodimi. Ilgari u Asad oilasi a’zolariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash uchun ularning mol-mulkini aniqlash ustida ishlagan.

"Bashar Asad va uning otasi Hofiz qarindoshlari yordamida boyliklarini xorijda yashirgan", deya ta’kidladi WSJ.

Asad klanining boyligining aniq hajmi va qaysi oila a’zolari qaysi aktivlarni nazorat qilishi noma’lum. Bashar Asadning qarindoshlari tomonidan yillar davomida amalga oshirilgan xalqaro xaridlar orasida Rossiya Federatsiyasidagi hashamatli ko‘chmas mulk, Venadagi butik mehmonxonalar va Dubaydagi shaxsiy samolyot bor.

"2013 yildan 2019 yilgacha sobiq prezidentning qarindoshlari Moskva shahridan qiymati 40 million dollar bo‘lgan kamida 20 ta hashamatli kvartira sotib olishgan", deb yozadi "Financial Times".

AQSH Davlat departamentining 2022 yildan boshlab hisob-kitoblariga ko‘ra, Asadlar bilan bog‘liq korxonalar va aktivlarning qiymati 1 dan 12 milliard dollargacha bo‘lishi mumkin. Ushbu mablag‘lar ko‘pincha davlat monopoliyalari va giyohvand moddalar savdosi, ayniqsa Captagon markali amfetamin birikmasi orqali qo‘lga kiritilgan va keyinchalik qisman xalqaro huquqdan tashqari yurisdiksiyalarga qayta investitsiya qilingan.

Muxolifatdagi qurolli guruhlar mamlakat bo‘ylab bir yarim haftalik tezkorlikdan so‘ng 8 dekabrga o‘tar kechasi Suriya poytaxtini egallab oldi. Suriyani 2000 yildan beri boshqarib kelayotgan Bashar Asad Rossiyaga qochib ketgan. Suriyaning yangi muvaqqat bosh vaziri Muhammad al-Bashir bo‘lib, u “Hayat Tahrir ash-Shom” islomiy guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Jaloniyning yaqin hamkori deb ko‘riladi.

"Rossiya Suriya shimolidan va Ansoriya tizmasi yaqinidagi pozitsiyalardan qo‘shinlarini olib chiqib ketayotganiga qaramay, Latakiyadagi Xmeymim va Tartusdagi Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bazasini tark etmayapti", deb xabar qildi "Reuters" to‘rt Suriya rasmiysiga tayanib.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing