Asad qulagandan so‘ng Rossiya vakillari ilk bor Suriyaga bordi
Olam
−
28 yanvar
4500Bugun, 28 yanvar kuni Rossiya delegatsiyasi Suriya poytaxti Damashq shahriga bordi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu tashrif Bashar Asad prezidentlikdan ketib, dekabr oyida mamlakatni tark etganidan keyin birinchi marta amalga oshirilgan.
“Delegatsiya tarkibiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Prezidentning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev kirdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning yangi rahbari va “Hayat Tahrir ash-Shom” yetakchisi Ahmad Husayn ash-Sharo (Muhammad al-Jo‘loniy ) Rossiya bilan aloqalarni saqlab qolish niyatida ekanini aytgandi. Keyinchalik esa Suriyaning yangi o‘tish davri hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus dengiz portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi.
LiveBarchasi