Asad bilan uchrashishga tayyorman – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashishga tayyorligini, Damashqdan javob kutayotganini aytdi. Bu haqda u bugun, 21 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun AQSHga uchishdan oldin jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi. 

“Turkiya va Suriya munosabatlarini normallashtirish uchun Bashar Asad bilan uchrashuv o‘tkazishni xohlayotganimizni aytdik. Bu uchrashuv bilan mamlakatlarning munosabatlarida yangi bosqich boshlanishiga ishonaman”, degan Erdo‘g‘an.

Turkiya Prezidenti Suriyadagi keskin vaziyatga chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidladi.

Yaqinda Asad va Erdo‘g‘anning ehtimoliy uchrashuvi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. “Hurriyet” gazetasi manbalarga tayanib, bunday uchrashuv avgust oyida Bag‘dodda o‘tkazilishi kutilayotgani haqida xabar bergandi. Boshqa ommaviy axborot vositalari muzokaralar Moskvada bo‘lishi mumkinligini yozgandi.

“Biz Suriyadagi taranglikka barham berish kerakligini va u yerdagi beqarorlik, davlat terrorizmi, ayniqsa, terrorchilik tashkilotlari va albatta, Isroil tomonidan sodir etilishini aniq tushuntiramiz. Bu endi oddiy oddiy terrorizm emas, bu davlat terrorizmidir. Biz buni hozirgacha ko‘p marta takrorladik. Lekin ba’zilar, ayniqsa G‘arb davlatlari buni tushunmaslikka harakat qilmoqda. Biz buni aytishni talab qilamiz va masala bo‘yicha BMTdagi nutqimda ham bildiraman. Turkiya va Suriya bu taranglikni tugatish va butun Suriya hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qiladi. Biz Damashq ma’muriyatining bir muddat Suriyada hech qanday to‘qnashuv bo‘lmasligini ta’minlaganini ko‘rishimiz kerak. Suriyadan tashqarida millionlab insonlar o‘z vatanlariga qaytishni kutmoqda”, degan Turkiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘rtasidagi uchrashuv avgust oyida chegara nazorat punktida bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. 24 iyul kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil qilish ustida ish olib borayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Suriya Prezidenti Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing