Arturo Vidal “Barselona”ni sudga berdi

Sport

image

“Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidal o‘z klubini sudga berdi. Futbolchi “Barselona” ikki o‘rtadagi shartnomaning qator bandlariga ko‘ra, unga 2,4 mln yevro miqdoridagi turli qo‘shimcha mablag‘larni to‘lamaganlini iddao qilyapti.

Shartnomadagi bir bandga ko‘ra, “Barselona” chililik futbolchiga agar u o‘tgan mavsum davomidagi 60 foiz o‘yinlarda 45 daqiqa maydonda harakat qilsa, unga 2 mln yevroga yaqin pul to‘lashi kerak. Biroq Vidal bu shartni bor yo‘g‘i 50 foizga bajargan.

Shuning uchun, klub futbolchiga kelishuvga ko‘ra boshqa pul to‘lamasligi kerakligiga ishonchi komil. Ammo futbolchining advokatlari mijoziga kelishilgan pulning 50 foizi to‘lanishi kerakligiga ishonchi komil.

Da’voning qolgan qismi Vidal bilan tuzilgan shartnomaning boshqa bandlariga oid. Shulardan biri klub Chempionlar ligasining 1/8 va 1/4 finaliga chiqsa Vidalga qo‘shimcha haq to‘lashni ko‘zda tutadi.

Avvalroq, 32 yoshli chililik futbolchiga “Inter”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bundan tashqari, Vidal uchun kurashga “Yuventus” ham qo‘shilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Arturo Vidal'

Baholaganlar

175

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing