Arsenalning yangi formasini adidas tayyorladi
Sport
−
16 mart 2019
4884Londonning Arsenal klubi adidas kompaniyasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan edi. Shartnomaga ko‘ra, keyingi to‘rt mavsum davomida londonliklarni Germaniya kompaniyasi kiyintiradi va buning evaziga adidas Arsenal hisobiga 300 mln funt o‘tkazib beradi.
Shartnoma iyun oyidan kuchga kirishini hisobga olgan holda tomonlar hozirdanoq qizg‘in ishga kirishishgan. Ilk namuna sifatida keyingi mavsum uchun yangi formaning ko‘rinishi taqdim etildi.
Formaning dizayni Arsenalning 90 yillardagi libosini eslatib yuboradi: oq yengli qizil futbolka.
LiveBarchasi