“Arsenal” jarohatlar girdobida qoldi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi jarohat sabab 2 haftani o‘tkazib yuboradi. 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida. Shuningdek, Saliba sonidan olgan jarohatini deb jamoasining keyingi 3 ta o‘yinida yordam berolmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Saliba “Arsenal”ning APL doirasida “Aston Villa”ga qarshi o‘yinida jarohat olib, maydonni tark etgandi. Avvalroq, vinger Bukayo Saka va hujumchi Gabriyel Jezus ham jarohat sabab klubiga yordam bera olmayotgandi.

Saliba “kanonirlar” safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning narxi “Transfermarkt” portalida 80 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal jarohat Bukayo Saka Uil'yam Saliba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing