“Arsenal” jamoasining sobiq bosh murabbiyi “Milan”ni boshqarishi mumkin

Sport

image

“Spartak”, “Seviliya”,  PSJ va “Arsenal” jamolarining sobiq murabbiyi Unai Emeri Italiyaning “Milan” jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” xabar bermoqda.

“Milan”, shu bilan birga, nemis mutaxassisi Ralf Rangnikning xizmatlariga qiziqmoqda, ammo klub uni qaysi lavozimda ishga olishni bilmayapti – sport direktorimi yoki bir vaqtning o‘zida direktor va bosh murabbiymi? Agar “Milan” birinchi variantni ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa, unda Emeri jamoani boshqarishi mumkin.

Shuningdek, “Milan”ni boshqarish uchun da’vogar murabbiylar safida “Inter”, “Roma” va “Zenit”ning sobiq murabiiyi Luchano Spalletti ham bor.

Jamoani so‘nggi bor Jennaro Gattuzo (2017-2019) boshqargan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing