“Arsenal” yirik transferni amalga oshirmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti”ning angliyalik forvardi Rahim Sterling faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Futbolchi asosiy tarkib uchun kurashda Fil Fodenga yengilgani bois, Manchester shahrini tark etishga qaror qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Sterlingga ayni damda qiziqish bildirgan yagona klub — bu “Arsenal”. Futbolchi APLdan boshqa chempionatda o‘ynashni xohlamayapti, shu sabab u “kanonirlar”ning taklifiga rozilik bildirishi mumkin.

“Arsenal” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaga transferlar oynasida 2 yirik transferni amalga oshirishga va’da bergan. Sterling ularning birinchisi bo‘lishi mumkin. Ayni damda Sterlingning taxminiy transfer summasi 90 million yevroni tashkil etib turibdi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Arsenal

Baholaganlar

19

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing