“Arsenal” Vinisius uchun qancha bermoqchiligi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
04 avgust 2818 1 daqiqa
Londonning “Arsenal” klubi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 150 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda “El Desmarque” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “to‘pchilar” braziliyalik futbolchiga bir mavsum uchun 30 million yevro maosh taklif etishi mumkin. Ayni shu miqdorni Vinisius “Real” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda ham talab qilayotgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, “Arsenal” ushbu transferni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy imkoniyatga ega. Biroq rasmiy muzokaralar faqat Vinisiusning o‘zi klubni tark etishga rozilik bildirgan taqdirdagina boshlanadi. Hozircha transferning keyingi taqdiri 26 yoshli hujumchining qaroriga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchisi Vinisius “Real Madrid” bilan yangi shartnoma imzolash uchun 80 million yevro maosh talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.