“Arsenal” o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

Sport

image

Angliyaning “Arsenal” klubi “Vest Xem” futbolchisi Deklan Raysni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi “Vest Xem”ning 24 yoshli yarim himoyachisi Deklan Raysni 116 million yevro (100 mln funt) va qo‘shimcha 5,8 million yevro bonus evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan. Bu orqali “Arsenal” o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi. Bunga qadar klub xaridlaridagi rekord ko‘rsatkich “kanonerlar”ning 2019 yilda “Lill”dan 83,8 million yevro (72 mln funt)ga sotib olgan yarim himoyachisi Nikolay Pepening transferi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, angliyalik 24 yoshli Deklan Rays “Chelsi”ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u 14 yoshidan “Vest Xem” tarkibiga qo‘shilgan. U “bolg‘achilar” uchun jami 245 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 13 ta natijaviy uzatmani jamoadoshlariga yetkazib bergan. Rays “Vest Xem” bilan finalda “Fiorentina”ni mag‘lub etib, Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan. Deklan Rays 2022/2023 yilgi mavsumda eski jamoasi bilan APLda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Vest Xem Deklan Rays

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing