“Arsenal” “Tottenxem”ni dog‘da qoldirib, Ezeni ilib ketdi
Sport
−
21 avgust 1843 1 daqiqa
Angliyalik yarim himoyachi Eberechi Eze “Kristal Pelas”dan Londonning “Arsenal” klubiga o‘tmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv shartlari kelishib olingan. “Kanonirlar” 27 yoshli Eze uchun 60 million funt to‘laydi. Oldinroq Eze xuddi shunday pul evaziga “Tottenxem”ga o‘tishga bir qadam qolgani xabar qilingandi.
“Tottenxem” Ezeni qo‘lga kiritish uchun naqd pul va Richarlisonni shartnomaga qo‘shib berish variantini muhokama qilayotgan bir paytda, “Arsenal” 60 million funtlik taklifi bilan raqib rejalarini yashin tezligida buzib tashladi.
Aslida “topchilar” yoz boshida ham Ezega qiziqqandi. Ammo Etan Nvaneri bilan shartnoma uzaytirilgach va Noni Madueke 48,5 mln funt evaziga olib kelingach bu transfer masalasi yopilgan deb o‘ylashgandi. Haversning jarohati esa hammasini o‘zgartirdi va “Arsenal” raqibini hayratda qoldirgan holda hujumni kuchaytirishga qaror qildi.
O‘tgan mavsumda 27 yoshli Eze barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ezening “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.
“Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi