“Arsenal” stadionida namozxona tashkil etildi

Sport

image

Ramazon oyi boshlangani munosabati bilan Londonning “Arsenal” klubi uy stadioni “Emirates”da futbolchilar uchun namozxona ochildi. Bu haqda klubning misrlik futbolchisi Muhammad El-Nenni o‘z  X sahifasida ma’lum qildi. 

“Namoz uchun yangi xonaning ajratilishi “Arsenal”ning bo‘lajak futbolchilarining ham hayotini o‘zgartirib yuboradi. Men ushbu tashkilotchilikka aloqasi bo‘lgan barchadan minnatdorman”, deb yozdi El-Nenni.

Qayd etilishicha, namozxonani Muhammad El-Nennining o‘zi ochib bergan. 

Namozxonaning tashkil etilishi “Arsenal”ning klubda madaniy inklyuzivlikni rivojlantirishga e’tiboridan dalolat beradi. O‘z futbolchilari va xodimlarining diniy urf-odatlarini tan olish va hurmat qilish orqali “Arsenal” turli millat vakillari qo‘llab-quvvatlanayotganini va qadrlanishini his qiladigan muhit yaratishni maqsad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Muhammad El'-Nenni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing