“Arsenal” “Real” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchi Kilian Mbappe transferidan so‘ng o‘z futbolchilaridan birini sotishi mumkin. Bu haqda “Teamtalk” xabar berdi.

“Qirollik klubi” rahbariyat ish haqi fondini qisqartirish uchun futbolchilarini birini sotuvga qo‘yadi. Transfer qilinishi kutilayotgan nomzodlardan biri yarim himoyachi Eduardo Kamavinga hisoblanadi.

Hozirda fransiyalik yarim himoyachi xizmatlariga Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda. “Qaymoqranglilar” yarim himoyachini 110 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchi 2021 yilning avgust oyida madridliklar safiga qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. “Transfermarkt” portali Eduardoning narxini 90 millionga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Arsenal Kilian Mbappe Eduardo Kamavinga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing