“Arsenal” mavsumning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi
Sport
−
10 iyun 2023 3494 1 daqiqa
Norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor “Arsenal”ning 2022/2023 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klubning rasmiy sahifalarida xabar berildi.
Mavsum so‘nggida tashkil etilgan so‘rovnomada 24 yoshli yarimhimoyachi 55% ovoz to‘pladi va birinchilikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Bukayo Saka ikkinchi, Gabriel Martinelli uchinchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Edegor o‘tgan mavsumda Premer-liganing 37 ta o‘yinida maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropada mavsumning eng yaxshilari aniqlab olingani haqida xabar berilgandi. Unda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr