“Arsenal” Liga kubogi finaliga yo‘l oldi
Sport
−
09:57 524 1 daqiqa
Kecha, 3 fevral kuni Angliya Liga kubogi doirasida “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi yarim finalning javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Arsenal” 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv boshida “Chelsi” o‘yin nazoratini qo‘lga olishga harakat qildi, biroq amalga oshirilgan hujumlar samara bermadi. Ikkinchi bo‘limda ham uzoq vaqt hisob ochilmadi. Faqat uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalar, 90+7-daqiqada Kay Xaverts gol urib, “Arsenal”ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Arsenal” 4:2 hisobida zafar quchib, Liga kubogi finaliga yo‘l oldi.
Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi bugun, 4 fevral kuni “Manchester Siti” va “Nyukasl” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlikning dastlabki bahsida Pep Gvardiola shogirdlari 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi