“Arsenal” “Barselona” himoyachisini sotib olmoqchi

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Serjino Dest qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha futbolchiga Londonning “Arsenal” klubi qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar 21 yoshli AQSHlik futbolchi uchun 30-35 million yevro miqdoridagi summani talab qilgan.

Avvalroq, Destni Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi yangi futbolchilarni sotib olish va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish uchun 5 nafar futbolchini sotib yuborishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edik. Ular orasida Serjino Dest ham bor.

Ma’lumot uchun, Dest joriy mavsumda Ispaniya La ligasining 12 o‘yinida 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Barselona Arsenal Bavariya Dest

Baholaganlar

8

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing