“Arsenal” 75 million yevrolik hujumchini sotib olmoqchi
Sport
−
01 mart
1161“Arsenal” kelasi yozda “Nyukasl”ning 25 yoshli hujumchisi Aleksandr Isakni qo‘lga kiritish uchun hujumchi Leandro Trossard yoki vinger Gabriyel Martinellini sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Mirror” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar shvetsiyalik futbolchi xarid qilinsa, London klubi Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzmaslik uchun futbolchilarni sotishga majbur bo‘ladi. Trossard va Martinelliga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Joriy mavsumda Isak barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Arsenal” himoyachisi Vilyam Salibaga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


