Arsen Venger FIFA JCH uchun yangi texnologiya joriy etayotganini ma’lum qildi 

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubining sobiq bosh murabbiyi, FIFA’ning futbolni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Arsen Venger 2022 yilgi Jahon chempionati uchun o‘yindan tashqari holatni avtomatik aniqlash texnologiyasi joriy etilganini e’lon qildi.

“Biz, ayniqsa, ofsayd qoidalariga nisbatan qarorlar qabul qilishda, olg‘a siljishni davom ettirishimiz kerak. 2022 yilda, Jahon chempionatida, biz bu masala bo‘yicha tez qaror qabul qila olamiz. Bu o‘yindagi to‘xtalishlar hamda VAR'ga nisbatan aytilayotgan salbiy fikrlarning oldini oladi. Katta ehtimol bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida ofsayd holatini aniqlash avtomatlashtiriladi. Men bu ma’lumot tafsilotlarini sir saqlashga majburman, lekin bir narsa aniqki, bu hakamlikda navbatdagi katta yutuq bo‘ladi”, deydi Venger.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi Jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 71 yoshli Arsen Venger 1984 yildan 2018 yilgacha “Nansi”, “Monako”, “Nagoya Grampus” va “Arsenal” klublarida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.  Uning jamoalari 1671 uchrashuvning 908 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 400 marta mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Jahon chempionati Qatar FIFA Ofsayd VAR

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing