Aroqchi Netanyaxuni “ilon” deb atadi
Olam
−
16:32 1134 1 daqiqa
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni AQSHni Eron bilan urushga tortishda aybladi va uni “ilon” deb atadi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Abbos Aroqchi Binyamin Netanyaxu AQSH ma’muriyatini Isroil manfaatlari yo‘lida Eronga qarshi urushga tortganini tan olganini ma’lum qilgan.

“Ivrit tilida Netanyaxu AQSH ma’muriyatini Isroil manfaatlari uchun Eronga qarshi urushga tortgani bilan ochiqchasiga maqtanmoqda. Netanyaxu Amerika kanallaridagi ming soatlik efirlar orqali Amerikaga qanday “ta’sir o‘tkazgani” ustidan ochiqdan ochiq kulmoqda.
Ingliz tilida esa u Prezidentning rahbarlik qobiliyatlarini maqtamoqda. Ilon”, deb yozdi Aroqchi.
Эсатиб o‘tamiz, avvalroq Binyamin Netanyaxu Eron uning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishga uringani aytgan edi. Shu munosabat bilan u soqchilar yollashga majbur bo‘lgan.
Live
Barchasi