Aroqchi AQSH bilan muzokaralar uchun Ummonga jo‘nab ketdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Ummon poytaxti Maskat shahriga jo‘nab ketdi. U boshchiligidagi Eron delegatsiyasi muzokaralarda ishtirok etadi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘ayiga tayanib, “Al Arabiya” nashri xabar berdi.

Bag‘ayining aytishicha, uchrashuv yadroviy masala bo‘yicha adolatli va o‘zaro manfaatli kelishuvga erishish maqsadida o‘tkazilmoqda.

U Eron avvalgi kelishuvlar buzilgani unutmaganini ta’kidlagan. Shuningdek, Eron har doim xalq manfaatlarini himoya qilishini va mintaqada tinchlik hamda xavfsizlikni ta’minlash uchun diplomatiyaga tayanishini bildirgan.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron muzokaralar jarayonida vositachilik qilayotgan do‘stona qo‘shni davlatlar, jumladan Ummon bilan hamkorlikni yuqori baholaydi. 

Qayd etish joiz, Eron va AQSH muzokaralarni avvalroq Turkiyada o‘tkazishi rejalashtirilgan. Turkiya bir hafta davomida tomonlarni muzokara stoliga yig‘ishga harakat qilgan. Biroq, uchrashuv joyi Eronning talabi bilan Ummonga ko‘chirilgan. Joyning o‘zgarishi Eron muzokaralarni faqat AQSH bilan ikki tomonlama tor formatda o‘tkazishga intilayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiylari Arab dengizi hududida Eronga tegishli bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatini (dronni) urib tushirgani haqida xabar berilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Eron muzokara Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing