Arnold yozda “Real” futbolchisiga aylanadi
Sport
−
22 yanvar 2712 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi “Liverpul”ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda futbol jurnalisti Ramon Alvares de Mon X sahifasida ma’lum qildi.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, 26 yoshli ingliz futbolchisi mavsum yakunlanganidan keyin “qaymoqranglilar” safiga o‘tadi va shartnoma imzolash uchun bonus sifatida 18-20 million yevro atrofida pul oladi.
Ma’lumot uchun, Trentning “Liverpul” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 26 yoshli himoyachi joriy mavsumda “qizillar” safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alfonso Devis “Real”ga o‘tmasligi xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr