Armanlar ruslar qo‘riqlayotgan hududlardan Ozarbayjonni o‘qqa tutdi

Olam

image

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan davlat chegarasi hududida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining navbatdagi buzilishi haqida xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 28 noyabrga o‘tar kechasi Armaniston qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjonning Kalbajar, Dashkesan va Tovuz rayonlari aholi punktlari yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. 

Otishma turli kalibrli o‘q otish qurollaridan amalga oshirilgan. 

Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiya harbiy kontingenti vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududidagi noqonuniy arman qurolli tuzilmalari a’zolari Shusha, Xo‘javand, Xo‘jali va Ag‘dam yo‘nalishlarida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing