Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
16 fevral 837 1 daqiqa
Georgiy Kocharyan Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saidov Georgiy Kocharyandan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari muhokama qilingan. Katta salohiyatga ega ko‘plab yo‘nalishlar mavjud.
“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.
Live
Barchasi