Armanistondan qaytarib olingan yerlardan 76 810 ta mina topildi – Rasmiy Baku

Olam

image

2020 yil 10 noyabrdan buyon Ozarbayjonning ishg‘oldan ozod qilingan hududlarida 59 055 gektar maydon minadan tozalandi, 76 810 mina va portlamagan o‘q-dorilar zararsizlantirildi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Hududlarni minalardan tozalash agentligi boshqaruvi raisi Vugar Sulaymonov ma’lum qilgan. 

Hududlarni minalardan tozalash agentligi boshqaruvi raisi so‘zlariga ko‘ra, yo‘q qilingan minalar orasida 13 211 ta tankga qarshi va 26 899 ta piyodalarga qarshi minalar, shuningdek, 36 700 ta portlamagan o‘q-dorilar bor. 

“Afsuski, ikkinchi Qorabog‘ urushidan buyon 268 kishi mina portlashidan jabr ko‘rdi, ulardan 44 nafari halok bo‘ldi”, deydi u. 

Vugar Sulaymonov Ozarbayjonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy ustuvorliklari orasida ozod qilingan hududlarni tiklash va bu hududlarga xavfsiz hayotni qaytarish asosiy strategik maqsadlardan biri ekanligini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

mina

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing