Armanistonda uch kunlik motam e’lon qilinadi

Olam

image

Joriy yilning 19 dekabridan boshlab, Armanistonda Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar paytida halok bo‘lganlar uchun uch kunlik motam e’lon qilinadi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bu haqda xalqqa murojaatida aytib o‘tdi. Translyatsiya Hukumat rahbarining Facebook sahifasida mavjud.

“Ehtimol, 19 dekabrgacha halok bo‘lgan askarlarimizning barcha jasadlari topilmasligi mumkin, noma’lum jasadlar ko‘plab uchrashi ham mumkin. Ammo, menimcha, bunday qarorni keyinroqqa qoldirib bo‘lmaydi”, deydi Pashinyan.

Yerevandagi motam tadbirlari paytida Respublika maydonidan “Yeralbur” qabristonigacha kortej tashkil etiladi.

Bosh vazir 19 dekabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi janglar tugaganiga 40 kun to‘lishini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, marhumlarning jasadlarini qidirish va ularning shaxsini aniqlash ishlari davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Keyinroq Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar paytida yo‘q qilingan Armaniston Qurolli Kuchlari harbiy texnikasining narxi minimal hisobda 3,8 milliard dollarni tashkil etgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing