Armanistonda namoyish uyushtirgan ayollar hibsga olindi (video)

Olam

image

Armaniston poytaxti Yerevanda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotgan 15 kishi politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Armaniston politsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan. 

Aksiya "VETO" ijtimoiy-siyosiy harakati a’zolari - ayollar tomonidan tashkil etilgan. 

Ular Hukumat binosiga kirishga urinishgan, politsiya qurshovini buzishgan, shundan so‘ng hibsga olishlar boshlangan. 

Hibsga olinganlarning aksariyati ayollardir. 

Namoyishchilar, shuningdek, Hukumat binosiga tuxum va qizil chinnigullar otishgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 7 aprel Armanistonda Onalik va go‘zallik kuni sifatida nishonlanadi. 

Armanistondagi siyosiy inqiroz mamlakat Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojarolarda Ozarbayjondan yengilganidan beri davom etyapti. Inqiroz fevral oyi oxirida Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Pashinyanning iste’fosini talab qilgach, keskinlashdi. 

28 mart kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bo‘lajak parlament saylovlari fonida iste’foga chiqishini e’lon qildi. Siyosatchi Armaniston xalqi kimni tanlasa, o‘sha shaxsga hokimiyatni topshirishga tayyor. Pashinyan saylovda o‘z nomzodini qaytarib olmoqchi emas. Respublikada parlament saylovlari joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing