Armaniston o‘z nazorati ostidagi to‘rt qishloqni Ozarbayjonga berdi

Olam

image

Armaniston va Ozarbayjon ilk bor chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligi va Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev ma’lum qildi.

Bayonotlarda aytilishicha, tomonlar to‘rtta aholi punkti o‘rtasida chegara chizig‘ining alohida uchastkalarini o‘tkazish to‘g‘risida, ularni Sovet Ittifoqi parchalangan paytdagi chegaraga moslashtirish to‘g‘risida oldindan kelishib olgan. 

TASS agentligining yozishicha, delimitatsiya aslida Ozarbayjon SSR tarkibiga kirgan va 1990 yillardan beri Armaniston nazoratida bo‘lgan to‘rtta qishloqning Ozarbayjon tasarrufiga o‘tkazilishini anglatadi. Tomonlar yaqin vaqt ichida kelishilgan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqib ketish va u yerda chegara xizmatlarini joylashtirishga kelishib olgan.

Ma’lumot uchun, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegara ming kilometrga yaqin. Bu davlatlar 1991 yilda Qorabog‘dagi mojaro tufayli mustaqillikka erishganidan beri chegara hech qachon delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 17 aprel kuni Rossiya o‘z tinchlikparvar kuchlarini Qorabog‘dan olib chiqishni boshlagani ma’lum bo‘lgandi. Rossiya qo‘shinlari 2020 yil kuzida Armaniston-Ozarbayjon mojarosining yana kuchayishi oqibatida Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya tomonidan tuzilgan kelishuvlarga muvofiq Qorabog‘ga joylashtirilgan. 2023 yil sentyabr oyida Baku ikki kunlik harbiy amaliyotlar natijasida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hududini to‘liq nazorat ostiga oldi. Tog‘li Qorabog‘ tugatildi, 120 ming arman bahsli hududni tark etdi.

Armaniston va Ozarbayjon mojaroni hal qilish uchun muzokaralar olib bormoqda. Bundan tashqari, 2024 yilda tomonlar bir-birini chegarada o‘q uzganlikda bir necha bor o‘zaro ayblashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made