Armanistonda muxolif “Adekvad” partiyasi rahbarining uyida tintuv boshlandi

Olam

image

Armanistonning “Adekvad” muxolifat partiyasi bugun, 24 noyabr kuni o‘z yetakchisi Artur Daniyelyanning uyida tintuv o‘tkazilayotganini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

“Ayni paytda Tergov qo‘mitasining Yerevan bo‘yicha Og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi xodimlari “Adekvad" harakati rahbari Artur Daniyelyanning uyida tintuv o‘tkazmoqda”, deyiladi partiyaning Facebook sahifasida.

Xabarda aytilishicha, Daniyelyan boshchiligidagi assotsiatsiya o‘ta muxolifat pozitsiyadan gapiradi. U huquq-tartibot idoralari tomonidan bir necha bor hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonning “Dashnaksutyun” muxolifat partiyasi vakili, “Yerkir Media” telekanalining axborot-tahlil xizmati direktori Gegam Manukyan bugun, 23 noyabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, muddatsiz ochlik e’lon qilayotganini ma’lum qilgandi. 

“Men Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, muddatsiz ochlik e’lon qilaman”, deb yozgan Manukyan o‘zining Facebook sahifasida.

Shuningdek, joriy yilning 20 noyabr kuni tushdan keyin Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotgan muxolifat faollari Yerevanning bir nechta markaziy ko‘chalarini to‘sib qo‘ydi.

“Nikol xoin! Nikol ketishi kerak!”, deya talab qildi Armaniston Bosh vazirining iste’fosini qo‘llab-quvvatlovchilar.

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing