Armanistonda An-2 samolyoti halokatga uchradi
Olam
−
19 iyul 2024 4833 1 daqiqa
An-2 samolyoti Armanistonning Kotayk viloyati hududiga qulab tushdi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Armenpress” xabar berdi.
“19 iyul kuni soat 09:30 da Kotayk viloyati Qutqaruv boshqarmasi markaziga Yegvard shahri yaqinidagi “Lcher” deb nomlangan hududda samolyot qulagani, halok bo‘lganlar borligi haqida xabar kelib tushgan”, deyiladi Ichki ishlar vazirligi bayonotida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan. Keyinroq Armaniston Mudofaa vazirligi Kotayk viloyatida qulagan samolyot o‘quv samolyoti ekanligini tasdiqladi.
“Men halokatga uchragan samolyot mashg‘ulot samolyoti ekanligini tasdiqlayman. Mudofaa vazirligi halok bo‘lgan uchuvchilarning oila a’zolari, qarindoshlari va hamkasblariga hamdardlik bildiradi”, deydi Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Aram Torosyan.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni Rossiyaning Moskva viloyati Kolomenskiy tumanida Sukhoi Superjet 100 samolyoti halokatga uchragandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025