Armanistonda amerikalik harbiylar mashg‘ulot o‘tkazadi

Olam

image

15-24 iyul kunlari Armanistonda amerikalik harbiylar ishtirokidagi “Eagle Partner 2024” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Xalqaro tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 15-24 iyul kunlari Armanistonda “Eagle Partner 2024” qo‘shma arman-amerika mashqlari o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlarda Armaniston Qurolli kuchlari tinchlikparvar brigadasi, AQSHning Yevropa va Afrikadagi armiyasi hamda Kanzas milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

“Mashqlar tinchlikparvarlik vazifalarini bajarishda nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish bo‘yicha operatsiyalarni o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad tinchlikparvarlik operatsiyalari doirasida xalqaro tinchlikparvarlik missiyalarida ishtirok etuvchi bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro tushunish darajasini oshirish, boshqaruv va taktik aloqa sohasida ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, Armaniston tinchlikparvar qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdan iborat.

Ma’lumot uchun, “Eagle Partner” birinchi mashg‘uloti 2023 yilda Armanistonda bo‘lib o‘tgan va unda 85 nafar amerikalik va 175 nafar arman harbiy xizmatchisi ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Armaniston Eagle Partner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made