Armanistonda aholi mulkini harbiy maqsadlar uchun olishga ruxsat berildi

Olam

image

Harbiy holat davrida Armaniston aholisidan harbiy ehtiyojlar uchun mol-mulkni rekvizitsiya (majburiy olinishi) qilinishi mumkin. Zarar etkazilgan har qanday zarar qoplanadi. Ehtimoliy yetkazilgan zarar keyinchalik qoplanadi. Bu haqda Mudofaa vazirining o‘rinbosari Gabriyel Balayan ma’lum qildi.

U qonunchilikka o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi loyihani parlamentga taqdim etgan. Qonun chiqaruvchi organ o‘zgartirishlarni ma’ullagan.

Agar aholidan olingan mulkka zarra yetsa, tegishli tartibda qoplanadi, agar uni ta’mirlash mumkin bo‘lsa, davlat ta’mirlash xarajatlarini qoplab beradi.

Qayd etilishicha, agar armiya harbiy harakatlar bo‘layotgan biror hududda davlat mulki yetishmovchiligi sezilsa, aholi mol-mulki olinishi mumkin. Mulk egasiga dalil taqdim etiladi. Davlat olganini qaytarishga majbur bo‘ladi. Agar fuqaro mulkini o‘z xohishi bilan bermasa, undan majburan olinishi mumkin.

Kompensatsiya berish tartibi va miqdori Hukumat tomonidan belgilanadi. Agar davlatga qo‘shimcha mulk kerak bo‘lsa, aholi bu haqda davlat idoralari tomonidan ogohlantiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing