Armanistonda 142 nafar namoyishchi hibsga olindi

Olam

image

Armaniston politsiyasi Bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib ko‘chalarni to‘sgan 142 nafar namoyishchini hibsga oldi. Bu haqda TASS muxbiriga respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Moskva vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, hibsga olinganlar soni 142 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.

Nashr muxbiriga ko‘ra, erta tongda Armaniston politsiyasining maxsus bo‘linmalari respublika poytaxtida markaziy ko‘chalarni to‘sgan faollarni hibsga olishni boshlagan.

“Politsiya ovoz kuchaytirgichlar orqali faollarni Yerevan markazidagi Tumanyan-Saryan chorrahasini to‘sib qo‘yish mumkin emasligi haqida ogohlantirdi. Shunga qaramay, poytaxtning turli joylarida norozilik namoyishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Yerevanda hukumatga qarshi namoyishlar bir haftadan beri davom etmoqda. Ularga qator oliy o‘quv yurtlari talabalari ham qo‘shilgan.

Xavfsizlik kuchlari hukumat binosi yaqinida Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilayotganlarni hibsga olmoqda. Ayrim namoyishchilar qo‘llarida Armaniston va (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ning bayroqlarini ushlab olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston politsiyasining “Qizil beretlilar” maxsus kuchlari Yerevanda ommaviy aksiyalar davomida mamlakatning ikkinchi prezidenti Robert Kocharyanning o‘g‘li Levonni hibsga olgandi. U qo‘lga olingach, kaltaklangani va shifoxonaga yotqizilgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston namoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing