Armanistonda Hukumat yig‘ilishi paytida “svet” o‘chib qoldi

Olam

image

Kecha, 23 noyabr kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Hukumat yig‘ilishida nutq so‘zlayotganda bino chiroqlari o‘chirib qo‘yildi. Shu bois Hukumat rahbarining nutqi ma’lum vaqtga to‘xtatildi. 

Vaziyat Bosh vazirning g‘azabini qo‘zg‘atdi, u o‘z nutqini mobil telefoni yorug‘ligida davom ettirdi. 

Pashinyan bugun bu masalani Bosh vazir devoni direktori bilan muhokama qilganini ta’kidladi. 

“Biz doimiy ravishda elektr ta’minoti sifatini oshirish haqida gapiramiz, lekin muammo hal etilmayapti. O‘n yil davomida bir xil ko‘rsatma berish mumkinmi?” deydi hukumat rahbari. 

Armaniston Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda elektr quvvati sifatsiz, hatto hukumat binosida ham idoralardagi chiroqlar doimo miltillaydi.

Eslatib o‘tamiz, Armanistonda Hukumat yig‘ilishi bo‘layotgan vaqtda Minskda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti o‘tkazilayotgan edi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ushbu sammitda ishtirok etishdan bosh tortdi va unga delegatsiyani ham yubormadi. Tashkilotga davriy raislik qilayotgan Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko esa Pashinyanning bu xatti-harakatlarini provokatsiya deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing