Armanistonda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qilindi

Olam

image

Armaniston hukumati bugun, 27 sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da avj olgan vaziyat munosabati bilan mamlakatda harbiy holatni joriy qildi va umumiy safarbarlikni e’lon qildi. Bu haqda Bosh vazir Nikol Pashinyan o‘zining Facebook sahifasida yozdi. 

"Aziz vatandoshlar, endi hukumat qarori bilan Armanistonda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qilindi. Men barcha shaxsiy tarkibni harbiy komissarliklarga kelishga chaqiraman", deb yozadi Pashinyan. 

Armaniston Bosh vaziri, shuningdek, Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni keskinlashtirishni oldindan rejalashtirgan deb hisoblaydi. 

“Ozarbayjonning yaqinda qilingan tajovuzkor bayonotlari, Turkiya bilan keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar, shuningdek, YeXHTni kuzatishni rad etish tajovuz oldindan rejalashtirilganligini ko‘rsatmoqda, bu mintaqada tinchlik va xavfsizlikka qarshi keng ko‘lamli provokatsiya edi”,  dedi u Twitter’da. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari bugun, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Armaniston esa hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlaganini aytmoqda. To‘qnashuvlar ortidan Baku rasman qurolli hujum boshlaganini e’lon qildi

Mazkur holatga nisbatan allaqachon Rossiya va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari munosabat bildirdi. 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev holat bo‘yicha xalqqa videomurojaat qildi


 


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston Qurolli to'qnashuv Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

185

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing