Armaniston YeIga qo‘shilish uchun ilk qadamni tashladi
Olam
−
12 fevral 2025 3868 1 daqiqa
Armaniston parlamenti a’zolari “Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini boshlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda “Armenpress” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi mamlakatda hukmron fraksiya tomonidan ma’qullangan. Ushbu qonunga muxolifat qarshi ovoz bergan. Umumiy hisobda 63 deputat tashabbusni yoqlab, 7 nafari qarshi ovoz bergan.
“Yana bir muxolif fraksiya ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortdi”, deyiladi xabarda.
Mamlakat hukumatiga ko‘ra, endi rasmiylar Bryusseldagi hamkasblari bilan Yevropa integratsiyasi jarayonining “yo‘l xaritasi”ni muhokama qiladi, so‘ngra mamlakat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazadi.
Qayd etilishicha, Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha qonun loyihasini fuqarolik tashabbusi vakili Artak Zeynalyan bir necha jamoat tashkilotlari nomidan taqdim etgan, ular qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mingdan sal ko‘proq talab qilingan imzo to‘plagan. Hujjatda qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonining boshlanishi respublikani xavfsiz va rivojlangan qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston hukumati ham mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi tashabbusi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025