Armaniston Vashingtondagi NATO sammitida ishtirok etadi

Olam

image

Armaniston Vashingtondagi NATO sammitining sherik formatidagi tadbirida ishtirok etish taklifini oldi va ishtirokini tasdiqladi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ani Badalyan ma’lum qildi.

“Armaniston Vashingtondagi NATO sammitining sherik formatidagi tadbirida va tashkilotning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish taklifini oldi va ishtirokini tasdiqladi. Hozircha boshqa kelishuvlar yo‘q”, deydi Badalyan.

Bakuga borgan AQSH Davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O'Brayenning ma’lum qilishicha, NATOning Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi yig‘ilishiga Ozarbayjon va Armaniston taklif etilgan.

Uning qayd etishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ushbu tadbirni Shimoliy Atlantika alyansining barcha hamkor davlatlari, jumladan, Ozarbayjon va Armaniston uchun o‘tkazmoqda.

“Ikkala davlat ham ishtirok etishini kutaman”, deydi Davlat kotibi yordamchisi.

Umuman olganda, O'Brayenning so‘zlariga ko‘ra, tadbirda NATO bo‘yicha 30 ta hamkor davlat vakillari ishtirok etadi. Ozarbayjon tarafi hozircha o‘z ishtirokini tasdiqlamadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing