Armaniston va Ozarbayjon rasmiylari navbatdagi delimitatsiya masalasini ko‘rib chiqadi 

Olam

image

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegara delimitatsiyasi bo‘yicha navbatdagi uchrashuv yanvar oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan ma’lum qildi.

Bildirilishicha, uchrashuvda tomonlar chegarani delimitatsiya qilish masalasini muhokama qiladi. Sana va joy hozircha ma’lum emas.

Grigoryanning bildirishicha, yig‘ilishda dastlab komissiyalarning birgalikdagi faoliyati to‘g‘risidagi nizom loyihasi ko‘rib chiqiladi. U qo‘shma ishlarda foydalanish mumkin bo‘lgan hujjatlar va huquqiy hujjatlar turlarini, shuningdek, SSSR davrining topografik xaritalarini aniq belgilashi kerak.

Bosh vazir o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, boshqa shunga o‘xshash masalalar hokimiyat tomonidan belgilanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 21 noyabr kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Yerevan tinchlik shartnomasi bo‘yicha oltinchi taklifni Bakuga kiritganini ma’lum qilgandi. Dekabr oyida esa Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Baku Yerevanga ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzish bo‘yicha Armanistonning navbatdagi takliflar paketiga o‘z javobini yetkazganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Armaniston SSSR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing