Armaniston va Ozarbayjon kuch ishlatishdan tiyilishga kelishib oldi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan joriy yilning 31 oktyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bayonotda aytilishicha, Armaniston va Ozarbayjon kuch ishlatishdan va uni qo‘llash bilan tahdid qilishdan tiyilishga kelishib oldilar. 

“Biz kuch ishlatishdan yoki uni qo‘llash bilan tahdid qilishdan tiyilish, barcha muammoli masalalarni faqat BMT Nizomi va Olmaota deklaratsiyasiga muvofiq suverenitet, hududiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligini o‘zaro tan olish asosida muhokama qilish va hal qilishga kelishib oldik”, deyiladi hujjatda. 

1991 yil 21 dekabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining maqsadlari va tamoyillari to‘g‘risidagi Olmaota deklaratsiyasi qabul qilingan. Uni Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina imzolagan edi.

Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston 2020 yil 9 noyabrdagi kelishuvlarga rioya qilish majburiyatini tasdiqladi va qolgan gumanitar muammolarni hal qilish uchun qo‘shimcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. 

“Biz Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini har tomonlama normallashtirish, Janubiy Kavkaz tinchligi, barqarorligi, xavfsizligi va barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash manfaatlari yo‘lida ushbu kelishuvlarning barchasiga qat’iy rioya qilish majburiyatini yana bir bor tasdiqladik. Biz qolgan vazifalarni, jumladan, gumanitar masalalar blokini zudlik bilan hal qilishga qaratilgan qo‘shimcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldik”, deyiladi hujjatda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ilhom Aliev Nikol Pashinyan

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing