Armaniston o‘qqa tutilganini da’vo qildi. Ozarbayjon esa boshqa gap aytyapti

Olam

image

Armaniston Ozarbayjonning o‘t ochishi oqibatida ikki arman harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini da’vo qildi. Ozarbayjon esa aksinchaligini aytib, 2 nafar askari jarohat olganini ma’lum qildi. Bu haqda har ikkala mamlakat Mudofaa vazirliklari xabar bergan.

“Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan Armanistonning Sotk sektoridagi pozitsiyalarini o‘qqa tutishi oqibatida ikki nafar arman harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi”, deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi xabarida.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 1 sentyabr kuni ertalab Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari Ozarbayjon armiyasining Kelbajar viloyatidagi pozitsiyalariga zarba bergan.

“Ikki nafar ozarbayjonlik harbiy jarohat oldi. Hozirda bizning bo‘linmalarimiz bu yo‘nalishda qat’iy javob choralarini ko‘rmoqda”, deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, ushbu yo‘nalishda Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston Ozarbayjonga ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha yangi taklif yuborganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston harbiy xizmatchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing