Armaniston tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan chiqib ketdi 

Olam

image

Armaniston KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan o‘z vataniga uchib ketdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.  

“Qozog‘iston Respublikasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni qo‘riqlash bo‘yicha vazifalarni bajargan KXSHT Kollektiv tinchlikparvar kuchlarining Armaniston Respublikasi bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi va texnikasi Qozog‘istondan o‘z vataniga uchib ketdi”, deyiladi xabarda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, Rossiya Aerokosmik kuchlarining Il-76 harbiy-transport samolyoti Armaniston, Belarus va Tojikiston tinchlikparvar kuchlarini vatanga qaytarishda ishtirok etmoqda. Qirg‘iziston tinchlikparvar kuchlari standart texnikalarda doimiy joylashtirish punktiga mustaqil ravishda boradi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kontingenti Qozog‘istondan chiqishni boshladi. Ma’lum qilinishicha, KXSHT kuchlarining Qozog‘istonni tashlab chiqib ketishiga 10 kun ketadi.

Ma’lumot uchun, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kuchlari nomi ostida Rossiyaning 3000, Belarusning 500, Tojikistonning 200, Qirg‘izistonning 150, Armanistonning 100 nafar harbiysi Qozog‘istonga kiritilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston KXShT

Baholaganlar

56

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing